Qo‘llanma


Kanefron® N – tabletka

Dori vositasining savdo nomi: Kanefron® N

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 ta tabletka quyidagi dorivor o‘simlik xomashyosi (kukuni)ni o‘z ichiga oladi:

• Zubturum o‘ti (Centaurii herba) – 18 mg
• Dorivor lyubistok ildizi (Levistici radix) – 18 mg
• Rozmarin barglari (Rosmarini folia) – 18 mg

Yordamchi moddalar:

yadro: laktaza monogidrat, magniy stearat, makkajo‘xori kraxmalı, povidon K25, kolloid suvdan holi kremniy dioksidi.

tabletka qobig‘i: kalsiy karbonat, kastor yog‘i, glyukoza siropi, temir oksidi qizil, makkajo‘xori kraxmalı, dekstrin, glikol tog‘ mumi, povidon K30, riboflavin E101, shellak, saxaroza, talk, titan dioksidi.

Tavsifi: har ikki tomoni qavariq, silliq sirtli, to‘q sariq rangli yumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: urologik kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan boshqa preparatlar

ATX kodi: G04BX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Klinik oldi tadqiqotlarda preparat yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, spazmolitik va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatgan. O‘simlik komponentlari antibakterial va siydik haydovchi xususiyatlarga ega.

Farmakokinetikasi

Ma’lumot mavjud emas.

Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar

Preparat siydik pufagining o‘tkir va surunkali infeksiyalarida (sistit) standart va majmuaviy terapiyada qo‘llaniladi.

Shuningdek, piyelonefrit, glomerulonefrit, interstitsial nefritni majmuaviy davolashda, hamda siydik toshlarining oldini olishda (shu jumladan ularni olib tashlagandan so‘ng) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Dozalash

Bemorlar Bir martalik doza Kunlik doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 2 tabletka 6 tabletka
6–11 yoshdagi bolalar 1 tabletka 3 tabletka

Qo‘llash usuli

Bir martalik doza ertalab, kunduzi va kechqurun qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynamasdan, suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, shuning uchun uzoq muddatli terapiya uchun tavsiya etiladi.

Suyuqlik bilan birga ichish (irrigatsion terapiya) tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar (toshma, qichishish), ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlar yuz bersa, qabulni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar

• Preparat komponentlariga, soyabonsimon o‘simliklarga (anis, kashnich va b.) yoki anetol (ya’ni, efir moylari komponenti)ga allergiya;
• Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (o‘tkir davr);
• 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi tufayli shish mavjud bo‘lsa, yoki suyuqlik iste’moli cheklangan bo‘lsa, preparatni qabul qilish mumkin emas.

Dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri

Antibakterial preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin va maqsadga muvofiq. Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri haqida ma’lumot yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar qabul paytida quyidagi belgilar paydo bo‘lsa: yuqori harorat, spazm, siydikda qon, siyishdagi buzilish yoki siydik ushlanishi – shifokorga murojaat qiling.

Preparat tarkibida glyukoza, saxaroza va laktaza mavjud. Shakar moddalariga murosasizligi mavjud bemorlar
Kanefron® N tabletkalarini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qilishlari zarur.

Preparat transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan va “foyda/xavf” nisbatini hisobga olib, qat’iy ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda qabul qilish mumkin.

Diabet bilan kasallanganlar uchun eslatma:

1 tabletkadagi o‘zlashtiriladigan uglevodlar miqdori ~0,02 “non birligi” (NB) ga teng.

Dozani oshirib yuborish

Ma’lumot mavjud emas.

Davolash – simptomatik.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletka: har bir blisterda 20 ta.

Qadoqlar: 60 yoki 120 tabletkadan iborat.

Saqlash shartlari

30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati

4 yil.

Yaroqlilik muddati tugagach, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berilish tartibi
Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi:

BIONORICA SE, Kerschensteinerstrasse 11–15, 92318 Neumarkt, Germaniya

O‘zbekiston Respublikasi hududida iste’molchilarning murojaatlarini qabul qiluvchi vakolatxona:

«Bionorica SE» vakolatxonasi, Toshkent shahri, Bosh pochtamt, a/q 95

office@bionorica.uz