Piyelonefrit nima?

Piyelonefrit – buyrakning infeksion yallig‘lanish kasalligi hisoblanadi. Piyelonefrit turli holatlarda rivojlanadi: bakterial yoki virusli infeksiya fonida, operatsiyadan keyin, homiladorlik davrida va boshqalar.

Kim xavf ostida?

Piyelonefrit bilan asosan qizlar va yosh yoki o‘rta yoshdagi ayollar kasallanishadi (o‘g‘il bolalar va erkaklarga nisbatan 6 barobar ko‘proq).
Sababchi omillar va xavf faktorlariga quyidagilar kiradi: jinsiy hayot boshlanishi, homiladorlik, tug‘ruq, sistit, buyrak toshi kasalligi.
Erkaklarda esa buyrak toshi kasalligi, prostatit va prostata bezining giperplaziyasi asosiy sabab hisoblanadi.

O‘tkir piyelonefrit uchun xos bo‘lgan belgilarning uchligi:

• Bel sohasida og‘riq
• Isitma (harorat ko‘tarilishi)
• Turlicha darajadagi og‘riqli, tez-tez siyish, siydik tahlilining o‘zgarishi
(agar piyelonefrit obstruktiv shaklda bo‘lsa, siydik tahlili normal bo‘lishi mumkin)

Nima qilish kerak?

Eng avvalo tezda shifokorga murojaat qilish kerak.
Yordamchi davolash vositasi sifatida ko‘pincha murakkab o‘simlik preparatlari buyuriladi.
Allaqachon bir necha o‘n yillardan beri urologiyada keng qo‘llanilayotgan o‘simlik dorisi – Kanefron® N aynan shular jumlasidan.

Kanefron® N

• Siydik chiqarishdagi og‘riq va achishishni kamaytiradi¹
• Kasallikning qayta avj olish holatlarini kamaytiradi¹
• Mikroblarga ta’sir etib, antibakterial terapiya samaradorligini oshiradi²

UZ

Bolalarda piyelonefrit

Yangi tug‘ilgan va go‘dak yoshidagi bolalarda piyelonefrit — eng ko‘p uchraydigan og‘ir bakterial infeksiyadir. U 10–15% isitmali, shifoxonaga yotqizilgan chaqaloqlarda kuzatiladi.
Hayotning dastlabki 3 oyida o‘g‘il bolalar 3 marta ko‘proq kasallanadi. 1 yoshga kelib bu nisbat tenglashadi, keyinchalik qiz bolalar ustunlik qiladi (3–6 baravar ko‘proq)8.

Bolalarda piyelonefrit belgilari

• Tanadagi haroratning 38°С va undan yuqoriga ko‘tarilishi. Ko‘p holatlarda bu yagona belgi hisoblanadi.
• Intoksikatsiya belgilari: terining oqarishi, ko‘z osti qorayishi, holsizlik, uyquchanlik, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish.
• Qorin yoki bel sohasida og‘riq.
• Siydik chiqarish buzilishlari (tezlashishi yoki ushlanishi, og‘riqligi, peshobni ushlab turolmaslik).
• Siydikning loyqalashishi.
• Yengil ertalabki yuz shishlari.

Bolalarda piyelonefritni davolash

• Faqat shifoxona sharoitida olib boriladi
• Davolashga majmuaviy yondashuv: antibiotiklar, uroseptiklar, simptomatik davolash, dieta va suv rejimi
• Davolash kursi kamida 4 hafta davom etadi

O‘z vaqtida davolanmaslik asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Agar farzandingizda sababsiz isitma paydo bo‘lsa, ayniqsa O‘RVIdan keyin — albatta pediatrga murojaat qiling!

Sizga qulay bo‘lgan shaklni tanlang – tomchi yoki tabletka

1.Перепанова Т.С., Хазан П.Л. Растительный препарат Канефрон Н в лечении и профилактике инфекций мочевых путей Врачебное сословие 2005;4-5:1-4

2.Попов А.И., Попова Т.А. Роль препарата Канефрон Н в потенцировании антимикробных свойств нитрофуранов при лечении хронического рецидивирующего цистита у женщин в постменопаузе. Международные обзоры: клиническая практика и здоровье 2015;6(18):88-92

3.Давидов М.И., Игошев А.М. Роль фитотерапии в метафилактике мочекаменной болезни после дистанционной литотрипсии. ЭиК Урология 2018;4:64-7

8. Клинические рекомендации. Инфекция мочевыводящих путей у детей. Союз педиатров России, 2018г.