Dorivor rozmarin

Image

Rozmarin (Rosmarinus officinalis) – labguldoshlar oilasiga mansub o‘simlikdir. U past, zich, kuchli shoxlangan, doim yashil buta shaklida o‘sadi. Barglari qattiq, ingichka va yoqimli hidga ega. Rozmarin butun yil davomida gullaydi – gullari mayda, och-ko‘k yoki och binafsha rangda, ba’zida binafsha dog‘lar bilan. Bu o‘simlik Yevropa va Afrika O‘rtayer dengizi mintaqalarida o‘sadi va hozirda mos iqlimli hududlarda butun dunyo bo‘ylab yetishtiriladi.
Rozmarin va uning yog‘i butun dunyo bo‘ylab oshpazlikda ziravor sifatida, shuningdek yarim tayyor mahsulotlarda o‘simlik asosidagi antioksidant sifatida ishlatiladi. Xalq tabobatida rozmarin o‘t va siydik haydovchi vosita, hamda antiseptik sifatida qo‘llanadi.

Zamonaviy fitoterapiyada foydalaniladigan rozmarinning faol moddalarini o‘simlikning quritilgan barglaridan olishadi. Uning yallig‘lanishga qarshi, dezinfeksiyalovchi, tutqanoqqa qarshi va siydik haydovchi ta’siri boshqa shifobaxsh o‘simliklar bilan birgalikda Kanefron® N preparati tarkibida siydik yo‘llari va pufagidagi infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi.