Sistitni davolashda antibiotiklar

Sistitda qanday antibiotiklar qo‘llaniladi?

Mamlakatimizda bakterial sistitning 80% gacha holatiga Escherichia coli (Ichak tayoqchasi) bakteriyasi sabab bo‘ladi. Shuning uchun aynan shu bakteriyaga ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar birinchi tanlov dori vositalari hisoblanadi. Biroq sistitni antibiotiklar bilan davolashda juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur – ularni faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan qo‘llash lozim. Noto‘g‘ri tanlangan dori yoki asossiz antibakterial terapiya bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi – antibiotikorezistentlikka olib kelishi mumkin. Bu esa butun dunyoda dolzarb muammo hisoblanadi va ko‘plab infeksion kasalliklarni davolashni qiyinlashtiradi.

Ammo to‘g‘ri belgilangan antibiotiklarni qabul qilish ham ba’zi nojo‘ya ta’sirlar bilan kechishi mumkin. Masalan, ayollarda sistitni davolashda antibiotiklar qo‘llanilishi ichak va qin mikrobiomining buzilishiga olib keladi. Shu sababli shifokorlar imkon qadar qisqa muddatli antibiotik kurslarini belgilashga yoki ularning qo‘llanishidan qochishga harakat qilishadi.

Sistitni davolashda antibiotiklar qo‘llash chastotasi va davomiyligini kamaytirish uchun odatda majmuaviy davolash o‘tkaziladi.

Sistitni majmuaviy davolash

Sistitda antibiotiklar faqat bitta ta’sirga ega – ya’ni patogen bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Biroq ular bakteriyalar chaqirgan yallig‘lanish yoki kasallik alomatlariga ta’sir qilmaydi.

Sistitdan aziyat chekayotgan bemor uchun eng muhim narsa – bu noqulaylik tug‘diruvchi belgilarni imkon qadar tezroq yo‘qotishdir.

Shu sababli majmuaviy davolash tarkibiga yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi va siydik haydovchi vositalar kiritiladi. Ko‘p hollarda bir nechta ta’sirga ega bir dorini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi – bu dori preparatlari sonini kamaytiradi.
Shunday dori vositalaridan biri – Kanefron® N.

Kanefron® N antimikrob ta’sir ko‘rsatadi, yallig‘lanish reaksiyasini pasaytiradi, siydik chiqarishdagi og‘riq va tez-tez siyishni bartaraf etadi, shuningdek:
• Antibiotik terapiya samaradorligini oshiradi;
• Antibakterial dorilarga ehtiyojni kamaytiradi;
• Kasallikning qaytalanish xavfini kamaytiradi.

Kanefron® N Germaniyada, yuqori texnologiyalar asosida, fitoniring deb nomlanuvchi patentlangan konsepsiya orqali ishlab chiqariladi. O‘simlik asosidagi tarkibi tufayli bu preparat yumshoq ta’sir ko‘rsatadi, mikrobiomga zarar yetkazmaydi va bemorlar organizmiga yumshoq ta’sir qiladi.

Sistitni o‘zboshimchalik bilan davolash mumkinmi?

Bugungi kunda tibbiy ma’lumotlar hamma uchun ochiq, shu bois ko‘pchilik odamlar sistitni qanday davolash va qaysi antibiotikni qabul qilish haqida mustaqil qaror qabul qilishadi. Bu – katta xato. O‘zboshimchalik bilan davolanish asoratlar rivojlanishiga, antibiotiklarga chidamlilik paydo bo‘lishiga va surunkali, qaytalanib turadigan sistitga olib kelishi mumkin.

Mutaxassisga murojaat qiling – u sizga eng mos davolanishni tanlab beradi.