Buyrak toshlari: alomatlar va davolash

Buyrak toshlari – bu siydik chiqarish tizimida hosil bo‘ladigan turli shakl va o‘lchamdagi qattiq kristallardir. Toshlar mavjudligi siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) borligidan darak beradi, bu kasallikdan Rossiyada 200 mingdan ortiq odam aziyat chekadi. Ko‘pincha toshlar buyraklarda hosil bo‘ladi va keyinchalik siydik o‘tkazgich (mochetochnik) orqali pastga – siydik pufagiga tushadi.

Buyrak toshlarining sabablari

Tibbiyot siydik chiqarish tizimida toshlar paydo bo‘lishining barcha mumkin bo‘lgan sabablarini uzoq vaqt va chuqur o‘rganmoqda, biroq hozirgi paytga qadar buyrak toshlari aynan nimadan paydo bo‘lishi bo‘yicha 100% ishonchli xulosa yo‘q.

Shunga qaramay, buyraklarda mayda zarralar – ya’ni “qum” hosil bo‘lishiga olib keluvchi bevosita bo‘lmagan (bilvosita) omillar aniqlangan. Bu zarrachalar asta-sekin kattalashib borib, sog‘liqda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Masalan, xavf omillari qatoriga irsiy moyillik, ba’zi surunkali kasalliklar va bitta ishlaydigan buyrakning mavjudligi kiradi. Shuningdek, tarkibida kalsiy yoki D vitamini bo‘lgan dori vositalari ham tosh hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi anatomik xususiyatlar ham kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin.

Klassifikatsiya

Buyrak toshlari turi bo‘yicha farqlanadi. Ba’zan bemorlar siydik bilan chiqqan toshni saqlab qolishni shifokorlar tavsiya qilganida hayron bo‘lishadi. Bu juda muhim – keyingi davolash va profilaktika bo‘yicha tavsiyalar bevosita tosh tarkibiga bog‘liq. Uni yo‘qotish – muhim tibbiy ma’lumotdan ayrilish demakdir.

Buyrak toshlarining eng ko‘p uchraydigan turlari quyidagilardir:

• Oksalatlar. Eng keng tarqalgan turi. Kalsiy tuzlari asosida hosil bo‘ladi. Tuzilishi qattiq, erimaydigan bo‘lib, ularga qarshi kurashish murakkab.
• Fosfatlar. Fosfor kislotasi tuzlari natijasida paydo bo‘ladi. Ularda ham kalsiy mavjud bo‘lib, davolanishni qiyinlashtiradi.
• Uratlar. Siydik kislotasi tuzlari ishtirokida hosil bo‘ladi. Bu toshlarning xususiyati shundaki, ular dori vositalari yordamida eritilishi mumkin, ya’ni operatsiyasiz davolanish imkoniyati bor.

Toshlar o‘lchami bo‘yicha ham farqlanadi. Diametri 5 mm gacha bo‘lganlar o‘z-o‘zidan chiqib ketadi, lekin chiqqaniga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun shifokor maxsus elakcha ishlatishni tavsiya qiladi. Tosh qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilish shart emas, muhim narsa – shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish. O‘rta (9 mm gacha) toshlar ba’zida mustaqil chiqib ketadi, lekin ayrim holatlarda tibbiy yordam talab qilinadi. Katta (9 mm dan ortiq) toshlar o‘z-o‘zidan chiqmaydi, ularni olib tashlash zarur.

Buyrak toshlarining simptomlari

Tosh joyidan qimirlamaganida, uni aniqlash juda qiyin, hatto yirik bo‘lsa ham. Mayda va o‘rta toshlar harakatlanganda ham ba’zan noqulaylik tug‘dirmaydi.

Ammo o‘rta yoki yirik tosh harakatlana boshlaganda og‘riqli jarayon boshlanadi. Ba’zida bemor tosh “harakatga kelganini” birdan sezmaydi. Agar o‘lchami yetarli bo‘lsa, u siydik pufagigacha yetib boradi yoki siydik chiqaruv kanaliga (uretra) tiqiladi. Aynan mana shu holat keskin simptomlarni yuzaga chiqaradi.

Tosh siydik o‘tkazgichdan o‘tayotganda, “buyrak tutqanoqlari” (buyrak kolikasi) deb ataluvchi og‘riqli holat yuzaga keladi. Bu og‘riq eng chidolmas darajadagi og‘riqlardan biri hisoblanadi.

Bunday holatda tez yordam chaqirilishi va bemor shifoxonaga yotqizilishi shart.
Tutqanoq simptomlari erkaklar va ayollarda bir xil. Og‘riq shu darajada kuchli bo‘lishi mumkinki, odam tinchlik topolmaydi va “devorga chiqib ketgudek” bo‘ladi. Kimda bir marta bo‘lsa ham bu holat kuzatilgan bo‘lsa, tosh qanday chiqishini tushuntirishning hojati yo‘q.

Og‘riq turli xil bo‘lishi mumkin, shuning uchun bel sohasidagi har qanday noxush sezgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Buyrak og‘rig‘i qovurg‘alarga, son, qovuq sohasiga berishi mumkin. Ba’zida ko‘ngil aynishi, hattoki qusish ham kuzatiladi.

Buyrak kolikasi – bu yuqori siydik yo‘llarining o‘tkazuvchanligi buzilgani belgisi. Tosh siydik o‘tkazgichning bir qismini bekitib qo‘ysa, siydik ichkarida to‘planadi va buyrak hamda siydik o‘tkazgich devorlarini cho‘zadi, bu esa buyrak faoliyatini buzadi.

Agar o‘z vaqtida tez yordam ko‘rsatilmasa, qaytmas o‘zgarishlar yuzaga kelishi, hatto ayrim hollarda buyrakni yo‘qotish xavfi bo‘ladi. Shuning uchun og‘riqning kolikaga oidligiga to‘liq ishonch bo‘lmasa ham, shoshilinch yordam chaqirish kechiktirilmasligi kerak.

Ba’zida kolika unchalik aniq bo‘lmasligi mumkin. Bu holat toshlar o‘lchami siydik o‘tkazgichni to‘liq emas, qisman to‘sib qo‘yganda kuzatiladi. Og‘riqlar kuchli bo‘lmaydi, ba’zida umuman bo‘lmaydi. Bunday holatlarda quyidagi belgilarga e’tibor berish va shifokorga murojaat qilish lozim:

• Siydik chiqarishda og‘riq va siydik oqimining to‘xtalishi;
• Siydikning loyqalanishi, yoqimsiz hid paydo bo‘lishi, siydikda qon izlari;
• Bel sohasidagi og‘riq, qovuq va oyoqqa berishi;
• Bel sohasidagi og‘riq bilan birga ko‘ngil aynishi va qusish.

Organizm holatiga e’tiborli bo‘lish og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi.

Diagnostika

Simptomlar va og‘riq joyi turlicha bo‘lishiga qaramay, zamonaviy tibbiyot buyrak toshlarini aniq aniqlashga yetarli tajribaga ega. Ko‘rikdan keyingi asosiy usullar:

• Siydik tahlili – bu orqali darhol kalsiy tuzlari, leykotsitlar va eritrotsitlarning mavjudligi aniqlanadi;
• UZI-diagnostikasi – juda aniq usul bo‘lib, hatto mayda toshlarni ham ko‘rsatadi, ularning o‘lchami, shakli va joylashuvi aniqlanadi;
• Rentgen – toshning shakli va joylashuvini aniqlash uchun qo‘llaniladi;
• Endoskopik tadqiqotlar – siydik yo‘llariga maxsus asbob kiritish orqali amalga oshiriladi, kamroq qo‘llaniladi, lekin samarasi yuqori, chunki tadqiqot davomida toshni parchalash ham mumkin.

Yakuniy tashxis barcha tekshiruv natijalari asosida qo‘yiladi. Agar siydik bilan chiqqan toshni “ushlab qolish”ga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsa, bu juda muhim va laborator tekshiruv ma’lumotlari bilan birgalikda qaraladi.

Davolash

Erkaklar va ayollarda buyrak toshlarini davolash usuli – konservativ yoki operativ bo‘lishi mumkin. Bu buyraklarning holatiga, bemorning umumiy ahvoliga, kasallikning kechishiga, toshlarning soni va o‘lchamiga bog‘liq.

Agar kuchli buyrak kolikasi bo‘lgan bo‘lsa, asosiy davolash vazifasi – siydik o‘tkazgich (mochetochnik) o‘tkazuvchanligini tiklash va ortiqcha siydikni chiqarishdan iborat bo‘ladi.

Yengil hollarda faqat spazmolitik dorilar bilan cheklanish mumkin. O‘tkir holat bartaraf etilgach, kompleks terapiya buyuriladi. Bu terapiyaga parhez bo‘yicha tavsiyalar, ichiladigan suyuqlik miqdori (suv rejimi) va kasallik simptomlarini yo‘qotuvchi dorilar kiradi.

Shu maqsadda kompleks terapiya tarkibida Kanefron® N nomli kombinatsiyalangan o‘simlik preparati tez-tez buyuriladi. Bu preparat spazmlarni yo‘qotadi, siydikni yumshoq tarzda chiqaradi va buyrak-tosh kasalligini davolashda samarali hisoblanadi.

Agar vaziyat og‘ir bo‘lsa, toshni olib tashlash uchun jarrohlik usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo barcha amaliyotlar buyrakka kesma qilishni talab qilmaydi. Shifokorlar har doim toshni eng kam travma bilan olib tashlash usullarini tanlaydi. Xususan, endoskopik operatsiyalar yordamida maxsus lazer orqali toshni bo‘laklarga ajratish va ularning siydik yo‘llari orqali chiqqan holda ichki organlar va kanallarni shikastlamasdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Profilaktika

Buyrak toshini chiqarib yuborish – bu faqat terapiyaning birinchi bosqichidir. Agar tosh bir marta paydo bo‘lgan bo‘lsa, u yana qaytadan yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun buyrak toshlarini davolashdagi asosiy e’tibor ularning qayta paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilishi lozim.

Bunda ratsion va suv ichish tartibi muhim o‘rin tutadi. Tana toshlarni “qum holatida” yo‘qotib yuborishi uchun ko‘p suyuqlik ichish lozim. Shu bilan birga, ichilgan suyuqlik miqdorining siydik bilan organizmdan to‘liq chiqishiga ham e’tibor qaratish kerak.

Ratsionga iloji boricha ko‘proq meva-sabzavotlarni qo‘shish va qizil go‘sht hamda hayvon yog‘lari iste’molini cheklash zarur. Kalsiy masalasida esa shifokorlar bir fikrda – kalsiy ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lishi shart, lekin biologik qo‘shimcha yoki dorixona vitaminlari shaklida qabul qilishdan tiyilish kerak.

Buyrakda tosh hosil bo‘lishini oldini olishdagi ajralmas vosita bu Kanefron® N hisoblanadi.

Preparat yig‘iluvchi ta’sirga ega bo‘lib, uzoq muddat qabul qilinganda kasallikning qaytalanish holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Preparat ichish uchun tomchi va tabletkalar ko‘rinishida chiqariladi. Uning to‘g‘ri dozasini shifokor belgilaydi.

Adabiyotlar ro‘yxati
• Жариков А. Ю., Зверев Я. Ф., Брюханов В. М., Лампатов В. В. Механизм формирования кристаллов при оксалатном нефролитиазе // Нефрология. — 2009. — № 4. — С. 37–50.
• Урология. Российские клинические рекомендации / под ред. Ю. Г. Аляева, П. В. Глыбочко, Д. Ю. Пушкаря. — М.: «Медфорум», 2017.
• Касимова Н. К., Ишанчаева Н. К., Рузи-ахунова Н. М. Современные методы лечения камней в почках // Re-Health Journal. — 2021. — № 3 (11). — С. 29—37.