“Asal oyi” sistiti

Romantik eshitiladigan bu nomli kasallik aslida juda yoqimsiz. Uni yana jinsiy aloqadan keyingi sistit yoki postkoital sistit deb ham atashadi. Shifokorlarning kuzatuvlariga ko‘ra, bu kasallik turi surunkali sistitlarning 30–40% holatida uchraydi va asosan yoshlarda kuzatiladi.
Sistitga olib keladigan infeksiya ayol organizmiga juda oson kiradi. Bunga sabab bo‘ladigan holatlar yetarlicha. Ayollar oldida esa murakkab vazifa turibdi – jinsiy munosabatga kirib, bunday kasallikka duch kelmaslik.

Jinsiy aloqadan keyingi sistit sabablari

Ayollar ko‘p hollarda shunday holatdan xavotirlanadi: go‘yoki barcha ehtiyot choralariga rioya qilgan bo‘lsa-da, postkoital sistit boshlanadi. Tanani issiq tutish, boshqa xavf omillaridan saqlanish, to‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish – bularning barchasiga qaramay, kasallik paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘pincha quyidagi holatlar bunga sabab bo‘ladi:

• Ayolda mavjud bo‘lgan, biroq yashirin o‘tuvchi ginekologik kasalliklar (ayol hatto o‘zida bunday kasallik borligini bilmasligi ham mumkin);
• Homiladorlikdan saqlanish uchun jinsiy aloqada spermitsidlar qo‘llash;
• Yangi jinsiy aloqa hamkori;
• Jinsiy hamkorlarning tez-tez almashib turishi;
• Juda kuchli yoki qo‘pol jinsiy aloqa;
• Siydik chiqarish yo‘lining qin chegarasiga yaqin joylashuvi (uretra ektopiyasi);
• Siydik yo‘li (uretra)ning g‘ayritabiiy harakatchanligi – jinsiy aloqa vaqtida uretra qinga tortilib kirib boradi, u yerda esa ko‘plab mikroorganizmlar mavjud.

Jinsiy aloqadan keyingi sistit muammosini qisman prezervativ yordamida hal qilish mumkin. Bu vosita jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan ham himoya qiladi.

Postkoital sistit simptomlari va davolash

Kasallik tez rivojlanadi – atigi bir kun ichida o‘tkir bosqichga o‘tadi. Bu ayol uretrasi va siydik pufagining tuzilishi bilan bog‘liq. Infeksiya osonlik bilan yuqoriga ko‘tariladi.

Ayollarda postkoital sistit simptomlari boshqa sistit turlaridan farq qilmaydi. Aksariyat bemorlar quyidagi belgilarni shikoyat qilishadi:

• Siydik chiqarishda qattiq og‘riq va achishish, tez-tez hojatga chiqish;
• Siydik pufagi bo‘shaganiga qaramay, to‘liq bo‘shamaganlik hissi;
• Pastki qorinda tortuvchi og‘riqlar.

Tana harorati ko‘tarilishi mumkin, ammo odatda bu turdagi sistitda tana harorati ko‘tarilishi kuzatilmaydi. Agar davolash jarayonida tana harorati ko‘tarilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bu holat piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi) xavfi borligini bildiradi va bakteriyalar siydik pufagidan yuqoriga, buyrakka, u yerdan esa butun organizmga tarqalishi mumkin. Shuning uchun shifokor tomonidan buyurilgan qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tib piyelonefrit xavfini istisno etish muhim ahamiyatga ega.

O‘zi sistit tashxisini qo‘yish qiyin emas, lekin postkoital sistitda ba’zi muammolar bo‘lishi mumkin. Hamma urologlar ham ayolni ginekologik kresloda tekshirmaydi, bu esa uretra joylashuvi va jinsiy a’zolarning tuzilishini baholash imkoniyatini cheklaydi. Holbuki, aynan shunga asoslanib keyingi davolash rejasini tuzish kerak.

Postkoital sistit odatda antibiotiklar bilan davolanadi. Bunda muammo shundaki, xavf omili – jinsiy aloqa hamkori doimiy mavjud bo‘ladi. Avvaliga keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar buyuriladi. Agar kasallik qaytalanadigan bo‘lsa, tor ta’sirga ega antibiotiklar tanlanadi.

Antibiotiklar bilan birgalikda og‘riqni kamaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek, kerak bo‘lsa, antiseptiklar ham buyuriladi. Bu funksiyalarni kompleks ta’sirli Kanefron® N o‘simlik dori vositasi muvaffaqiyatli bajaradi.

Zubturum (zolototisyachnik), lyubistok va rozmarin kabi uchta o‘simlik asosida yaratilgan bu preparat sistitni davolashda samarali hisoblanadi va uzoq muddatli qabulda barqaror remissiyaga olib keladi. Kanefron® N ichish uchun tomchilar yoki tabletka shaklida chiqariladi. U antibiotiklar bilan mos keladi va ularning ta’sirini kuchaytiradi.

Diqqat! Postkoital sistit davolanishi davomida ayollarga jinsiy hayotni to‘xtatish tavsiya etiladi. Jinsiy aloqa vaqtida organlar yana shikastlanadi va yangidan bakteriyalar tushishi mumkin.

Ba’zan ahvol yaxshi bo‘lsa-da, shifokor yotoq rejimini tavsiya qilishi mumkin. Bu haqda albatta shifokordan so‘rash kerak. Sistit paytida jismoniy faollikni cheklash, sport va og‘ir yuklamalardan voz kechish lozim.

Jinsiy aloqadan keyingi sistitning oldini olish

Aslida «asal oyi sistiti» deb ataluvchi bu kasallik surunkali holatga o‘tib ketishi bilan xavflidir. Qaytalanish xavfini kamaytirish uchun oddiy profilaktik qoidalarga rioya qilish mumkin. Misol uchun, jinsiy aloqadan keyin zudlik bilan siydik chiqarish foydali hisoblanadi.

Alohida jinsiy aloqa uslublarini aralashtirmaslik, turli eritmalar bilan chayish (sprintsevaniye) – uning foydasi haqida noto‘g‘ri fikrlar mavjud, intimgigiyena uchun gellar va dezodorantlardan foydalanmaslik kerak.

Boshqa profilaktika choralari haqida so‘z borganda, quyidagilar tavsiya etiladi:

• Ginekologga muntazam ko‘rinish. Vaginal mikrofloraning o‘zgarishini kuzatish va ginekologik kasalliklarni vaqtida davolash.

• Sovuq qotishdan saqlanish. Sovuq suvda cho‘milmaslik, faqat issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi.

• Intim gigiyenaga rioya qilish. Jinsiy aloqadan oldin va keyin yuvinish, yuvinish to‘g‘ri yo‘nalishda (oldindan orqaga) amalga oshirilishi lozim, hech qachon orqadan oldinga yuvinmaslik, bu uretraga ichak tayoqchasining kirib qolishining oldini oladi. Shuningdek, agressiv kimyoviy tarkibli gigiyena vositalaridan foydlanmaslik muhim, oddiy oqar suvdan foydalangan holda yuvinish kifoya.

• Juda tor, sintetik ichki kiyimlardan voz kechish. Nafas oladigan tabiiy materiallardan foydalanishni afzal ko‘rish, kunlik tagliklarni kamroq qo‘llash.

• Zararlı odatlardan voz kechish. Chekish va spirtli ichimliklar iste’moli organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi.

• To‘g‘ri ovqatlanish. Bu qaytalanuvchi “asal oyi sistiti”ning oldini olishda muhim jihat bo‘lib, bu ichimlik rejimiga ham taalluqlidir: kamida bir yarim yoki, yaxshisi, ikki litr suv ichish tavsiyasi siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalarida juda yaxshi foyda beradi. Ratsionning o‘zi xilma xil bo‘lishi kerak, zararli mahsulotlarni minimal kiritish va o‘tkir ziravorlar, shuningdek, haddan tashqari nordon va ziravorli mahsulotlarni albatta ratsiondan chiqarib tashlash kerak.

Postkoital sistit profilaktikasi uchun kompleks ta’sirga ega o‘simlik preparatlari, xususan, Kanefron® N qabul qilish mumkin. Bu nafaqat simptomlarni yo‘qotadi, balki kasallik qaytalanish xavfini kamaytiradi. Preparat qaramlik keltirib chiqarmaydi va ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.