Homiladorlik davrida sistit

Homiladorlik davrida sistit ayolni jiddiy ruhiy tushkunlikka soladi. Homilador bo‘lgan ayollar siydik chiqarish tizimi bilan bog‘liq turli noqulayliklarni allaqachon boshdan kechirayotgan bo‘ladi. Shunday holatda sistit yana bir qo‘shimcha tashvish va yomon kayfiyat sababiga aylanadi.

Homiladorlik davrida sistit sabablari

Sistit – bu siydik pufagi shilliq qavatining yallig‘lanishidir. Kasallik infeksion xususiyatga ega bo‘lib, asosan bakteriyalar sababli yuzaga keladi.

Homilador ayollarda sistit quyidagi sabablarga ko‘ra rivojlanishi mumkin:

• Shaxsiy gigiyenaga beparvo munosabat. Bo‘lg‘usi ona jinsiy a’zolar gigiyenasiga alohida e’tibor berishi kerak. Har kuni yuvinish zarur va bu oldindan orqaga qarab bajarilishi lozim. Aks holda ko‘plab patogen bakteriyalar siydik chiqarish yo‘liga o‘tishi mumkin.
• Davolanmagan jinsiy a’zolar yallig‘lanishi. Bu qandidoz, disbakterioz va boshqa ko‘plab holatlarni o‘z ichiga oladi. Bular haqida ginekolog batafsil tushuntiradi. Ginekologga homiladorlikning ilk bosqichlarida oyiga bir marta, oxirgi bosqichlarda esa har ikki haftada bir marta murojaat qilish zarur.
• Immunitetning pasayishi. Agar bu muammo homiladorlikka qadar bartaraf etilmagan bo‘lsa, bolani ko‘tarish davrida immunitetni mustahkamlashga e’tibor qaratish zarur. Barcha muolajalar shifokor nazoratida amalga oshiriladi.
• Homila o‘sib borgani sari bachadonning siydik pufagi va siydik yo‘llarini bosib qo‘yishi. Homilador ayol doimiy hojatga borishdan charchab, uni iloji boricha kechiktirishga harakat qiladi. Bu noto‘g‘ri. Siydik pufagi zaruratga ko‘ra bo‘shatilishi kerak. Vaqtida bo‘shatmaslik patogen bakteriyalarni siydik tizimiga kirib borishiga sabab bo‘ladi.
• Sovuq qotish. Homiladorlarda, ayniqsa 2-3-trimestrda, issiqlik almashinuvi yuqori bo‘ladi, bu esa ularni tezda qizib ketishiga olib keladi. Shuning uchun kiyinishda bir necha qavat kiyim kiyishni tanlash kerak: ortiqcha kiyimni yechib yoki yana kiyib olish oson bo‘ladi.

Homiladorlikda sistit alomatlari

Homiladorlikning 1- va 3-trimestrida og‘riqsiz tez-tez siydik chiqarish me’yordagi holat bo‘lib, bu har doim ham sistit belgisini anglatmaydi. Biroq bu ayrim noqulayliklar tug‘diradi, chunki ayol bu holatlarni homiladorligi bilan bog‘lab, sistitga xos belgilarni sezmasligi mumkin. Shu sababli sistit simptomlarini aniq ajrata olish muhim.

Diqqat qilish lozim bo‘lgan simptomlar:

• siyish paytida kuydiruvchi og‘riq, ayniqsa siyish oxirida;
• tez-tez hojatga borish istagi, lekin juda oz siydik ajralishi;
• siydik oxirida qon ajralishi;
• siyishdan so‘ng ham pufak to‘liq bo‘shamagandek tuyulishi;
• siydik rangi va hidi o‘zgargan – to‘q rangda, loyqa, yoqimsiz hidli.

Ba’zan siydik chiqarish yo‘lidan yiringli yoki shilimshiq ajralmalar bo‘lishi mumkin – bu alomatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik davridagi sistitda umumiy ahvol yomonlashmaydi, lekin homilador organizm ko‘proq ishlaydi. Shu sababli charchoq, bosh og‘rig‘i va tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin.

Diagnostika va davolash

Sistit keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, ayrim ayollar uni oddiy shamollashdek qabul qilib, o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi deb o‘ylashadi. Bu xatodir, usbu kasallik makkorligi va oldindan bashorat qilib bo‘linmasligi bilan ajralib turadi.

Sistitni davolamaslik onaga ham, bolaga ham xavf tug‘diradi. Eng og‘ir asoratlar:

• piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi): homiladorlikda buyraklar ikki kishi uchun ishlaydi, yallig‘lanish bu yukni og‘irlashtiradi;
• muddatidan oldingi tug‘ruq;
• homilada intoksikatsiya;
• homila tushishi.

Shifokor simptomlar, irsiyat va turmush tarzini aniqlab, umumiy siydik tahlili va bakteriologik ekish asosida tashxis qo‘yadi. Zarurat tug‘ilganda UTT (ultratovush) tayinlanadi.

Davolash boshqa sistit turlaridek olib boriladi. Ko‘pchilik homilador ayollar dastlabki bosqichlarda sistitni qanday davolash haqida xavotirga tushadi. Xavotirga o‘rin yo‘q – zamonaviy, homilaga zarar yetkazmaydigan dori vositalari mavjud.

Xavotirga o‘rin yo‘q – ona va bolaga zarar keltirmaydigan zamonaviy dori-darmonlarning butun arsenali ishlab chiqilgan. 1- va 2-trimestrlarda homiladorlik paytida bemorning ahvoli haqida xabardor bo‘lgan shifokor sistitni davolash taktikasini tanlashda ko‘proq ehtiyotkor bo‘ladi.

Katta ehtimol bilan antibiotiklar kerak bo‘ladi, shuningdek, siydik haydovchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar ham tayinlanadi.

Ba’zan fizioterapiya muolajalari buyuriladi. Ginekologlar antibiotiklar bilan birga ko‘pincha Kanefron® N o‘simlik preparatini buyurishadi. U antibiotiklarning ta’sirini kuchaytirib, qaytalanishning oldini oladi.

Ayol ko‘p suyuqlik ichishi kerak, chunki siydik chiqarish kanalidan qancha ko‘p siydik o‘tsa, bakteriyalar shuncha tezroq chiqarib tashlanadi. Agar shish va yuqori bosim bezovta qilmasa, kuniga 1,5–2 litr suyuqlik ichish lozim. Suv, choy, suyultirilgan sharbat va nordon bo‘lmagan morslar ichish mumkin.

Siydik ajralishi miqdori ichilgan suyuqlikka mos kelishi lozim. Aks holda bu haqda shifokorga aytish kerak.

Homiladorlikning oxirgi bosqichida davolash osonlashadi, chunki asosiy organlar shakllangan bo‘ladi. 3-trimestrda shifokor ham ona, ham bola uchun xavfsiz terapiya usullaridan foydalanadi.

Lekin har bir dori vositasi faqat shifokor tomonidan belgilanishini esda tutish lozim. O‘zini o‘zi davolash mumkin emas!

Kanefron® N o‘simlik dori preparati homilador ayollar orasida mashhur bo‘lib, kompleks ta’siri orqali og‘riqni kamaytiradi, yallig‘lanishni bartaraf etadi va bakteriyalarni yo‘qotadi.
Kanefron® N shifokor ko‘rsatmasi bilan homilador ayollar va 1 yoshdan boshlab bolalarga ham berish mumkin. Bolalar uchun – ichishga mo‘ljallangan tomchi shaklida, tabletka shaklida qabul qilishni xohlovchilar uchun – tabletka ko‘rinishida mavjud.

Uzoq muddatli qabul qilish orqali maksimal terapevtik ta’sirga erishiladi va sistit qaytalanish xavfi kamayadi. Shuningdek, Kanefron® N boshqa dorilar bilan mos keladi va qaramlikni yuzaga keltirib chiqarmaydi, shuning uchun qat’iy natijaga erishish uchun preparatni uzoq muddat davomida qabul qilsa bo‘ladi.

Homiladorlikdagi sistitning oldini olish

Sistitning oildini olish uchun, homiladorlikning erta yoki kech bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagilarga rioya qilish lozim:
• Harakatni cheklamaydigan, sintetik bo‘lmagan qulay ichki kiyim kiyish;
• Imkon qadar immunitetni mustahkamlash – faol yurishlar, mo‘’tadil chiniqish mos keladi;
• Faqat o‘z gigiyenasi emas, balki turmush o‘rtoqning gigiyenasiga ham e’tibor qaratish;
• Eng muhimi – shubhali alomatlarda shifokorga murojaat qilishdan tortinmaslik.

Homiladorlikda ehtiyotkorlik – eng muhim masaladir.