Siydik pufagi sitoskopiyasi: muolaja xususiyatlari va unga tayyorgarlik

Sistoskopiya bu siydik pufagini ichkaridan maxsus uskuna endoskop yordamida ko‘rishdir. Ushbu muolaja invaziv hisoblanadi, ya’ni moslamani tana ichiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu aniqroq tashxis qo‘yishga xizmat qiladi va vrachga mini kamera yordamida siydik pufagi holatini bevosita ko‘rishga imkon beradi.

Muolaja hammaga ham buyurilmaydi – u boshqa tekshiruvlar to‘liq ma’lumot bermaganda yoki davolashga yomon bo‘ysunadigan kasallikda belgilanadi.

Muolajaga ko‘rsatmalar

Sistoskopiya tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘diradigan holatlarda buyuriladi. Quyidagi holatlarda u juda zarur:

• siydik pufagida yot jismlar;
• divertikulalar (cho‘zilishlar);
• leykoplakiya (shilliq qavatning o‘zgarishi);
• organizmning parazitar shikastlanishlari;
• interstitsial sistit;
• jinsiy a’zolarda o‘sma jarayonlari – bu hollarda muolaja o‘zgarishlarning siydik yo‘llariga tarqalganini aniqlash uchun muhim.

Shuningdek, u qonli siydik (gematuriya) kuzatilganda ham majburiydir. Vrach qonni aynan qayerdan kelayotganini aniqlaydi – yuqori siydik yo‘llaridanmi yoki siydik pufagi va siydik chiqarish kanalidami. Faqat sistoskop yordamida chap va o‘ng siydik yo‘llaridan chiqayotgan siydikning rangidagi farqni ko‘rish va gematuriyaning manbasini aniqlash mumkin.

Siydik pufagidagi o‘smalarni aniqlaganda ham sistoskopiya zarur. Bu tashxisni aniqlash, shilliq va siydik yo‘llarining holatini ko‘rish, o‘smalarning o‘lchamini va organni qay darajada zararlaganini aniqlash uchun kerak. Bu holatda biopsiya uchun to‘qima olinadi. Erkaklarda esa vrach siydik yo‘lining prostata bo‘limini ko‘zdan kechiradi va prostata adenomasi aniqlanadi.

Siydik pufagida o‘sma aniqlanishi ehtimoli bo‘lsa, fluorestsent sistoskopiya usuli qo‘llaniladi. Unda pufakka kontrast modda yuboriladi, u o‘sma bilan aloqaga kirishganda yaltirab qoladi. Bu hatto boshqa usullarda ko‘rinmaydigan o‘smani aniqlashga yordam beradi.

Tuberkulyozli yallig‘lanishda ham sistoskopiya zaruriy vosita bo‘lib hisoblanadi. Bu usul boshqa tekshiruvlarda ko‘rinmaydigan, hattoki eng kichik o‘smalarni aniqlashga yordam beradi.

Sistoskopiya siydik pufagining tuberkulyoz yallig‘lanishida zarurdir. Kamera orqali xos bo‘lgan o‘zgarishlar: shilliq qavatdagi g‘urralar va siydik yo‘li og‘izidagi shishlar ko‘rinadi.

Biopsiyaga yuborilgan to‘qima buni tasdiqlaydi. Vaqtida qo‘yilgan tashxis davolash samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.

Muolajaga qarshi ko‘rsatmalar

Quyidagi holatlarda sistoskopiya o‘tkazilmaydi:

• siydik chiqarish kanali yoki pufagida o‘tkir yallig‘lanish;
• erkak jinsiy a’zolarining yallig‘lanishi;
• ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanishi.

Bunday hollarda avvalo kasallik o‘tkir belgilari bartaraf etiladi va keyin tsitoskopiya rejalashtiriladi.

Agar bu siydik yo‘llari infeksiyalari bilan bog‘liq bo‘lsa, vrach katta ehtimol bilan Kanefron® N o‘simlik dori vositasini buyuradi. Uning tarkibidagi zubturum, lyubistok va rozmarin ekstraktlari tufayli preparat alomatlarni samarali darajada bartaraf etadi va asosiy kasallikni davolaydi.

Kanefron® N yengil siydik haydashga, og‘riqni yengillashtirishga va yallig‘lanishni olishga yordam beradi. U kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi, shuning uchun dorini antibiotiklar bilan birga qo‘llash ularning ta’sirini kuchaytirish uchun maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, Kanefron N qabul qilish asoratlar rivojlanishining oldini oladi va infeksiya qaytalanish xavfini kamaytiradi.

Sistoskopiyaga tayyorgarlik

Sistoskopiyaga maxsus uzoq tayyorgarlik talab etilmaydi. Tafsilotlarni davolovchi shifokordan aniqlashtirib olish zarur. Lekin umumiy yoki mahalliy og‘riqsizlantirish bo‘lishiga qarab ba’zi tavsiyalar farq qiladi.

Agar umumiy og‘riqsizlantirish rejalashtirilgan bo‘lsa:

• muolajadan 10–12 soat oldin ovqatlanmaslik. Agar ovqatlangan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
• 3–4 soat oldin suyuqlik ichish mumkin emas.

Agar shifokor lozim deb hisoblasa, narkoz qilishdan oldin qo‘shimcha tekshiruv talab qilinishi mumkin. Mahalliy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladigan sistoskopiya uchun chuqur tayyorgarlik kerak emas. Ertalab ovqat yemagan ma’qul, klinikaga borishdan oldin gigiyenik amallarni bajaring va bevosita protseduradan oldin siydik pufagini bo‘shating. Odatda, shifokorlar hojatxonaga borish zarurligini eslatishadi, shuning uchun bu borada xavotir olmang.

Agar tsitoskopiya muolajasini davolovchi shifokoringiz emas, boshqa shifokor o‘tkazayotgan bo‘lsa, o‘zingiz bilan mavjud barcha tahlillar va tibbiy hujjatlarni olib boring.

Sistoskopiya qanday amalga oshiriladi?

Sistoskopiya apparati sistoskop deb ataladi. U ichi bo‘sh trubkacha – obturator shaklida bo‘lib, siydik pufagiga siydik chiqarish yo‘li (uretra) orqali kiritiladi. Uning uchida optik qurilma (kamera) joylashgan. Shuningdek, obturator ichida qo‘shimcha asboblarni kiritish uchun bitta yoki ikkita kanal mavjud. Bular kateter yoki biopsiya uchun qisqichlar bo‘lishi mumkin.

Shifokor qo‘lida ushlab turadigan apparat qismi tubus deb ataladi, shifokor aynan tubus orqali sistoskopni boshqaradi.

Apparatning o‘zi ikki xil bo‘ladi:

• rigid, ya’ni qattiq;
• moslashuvchan (yumshoq, egiluvchan).
Ilgari barcha sistoskoplar qattiq (rigid) bo‘lgan, chunki ularni dastlab shu tarzda ixtiro qilishgan. Hozirgi vaqtda esa shifokorlar endoskopik tekshiruvlar uchun tez-tez moslashuvchan sistoskopdan foydalanishadi, chunki u kichik diametrga, egiluvchanlik xususiyatiga va yuqori sifatli optikaga ega. Bundan tashqari, u shilliq qavatni ancha kamroq jarohatlaydi.

Jarayon mahalliy yoki umumiy anesteziya ostida amalga oshiriladi. Agar moslashuvchan sistoskop ishlatilsa, shifokorlar odatda mahalliy og‘riqsizlantirishni afzal ko‘radilar.

Bemor urologik kresloga yoki oyoqlar uchun maxsus tayanchlar bilan jihozlangan maxsus stolga yotqiziladi. Tana holati gorizontal bo‘lishi kerak, oyoqlar bukilgan va yon tomonlarga ochilgan bo‘ladi.

Apparat siydik chiqarish yo‘llaridan osonroq o‘tishi uchun uni organizm uchun xavfsiz maxsus modda bilan moylanadi.

Erkaklarga umumiy narkoz ostida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, sistoskopiya jarayonini uretroskopiya bilan birga o‘tkazish tavsiya etiladi.

Jarayon 5 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi, bu kasallikning murakkabligiga va shifokorning malakasiga bog‘liq. Sistoskopiya davomida siydik pufagini faqat ko‘zdan kechirish emas, balki muolaja tadbirlari ham o‘tkazilishi mumkin, jumladan:

siydik pufagidagi toshlarni parchalash;
qon ketishini to‘xtatish;
poliplar va boshqa o‘simtalarni operatsion olib tashlash.
Bunday hollarda jarayonning davomiyligi amalga oshirilayotgan aralashuvning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.

Jarayonning ehtimoliy oqibatlari

Shifokorlar sistoskopiyani imkon qadar kam travmatik qilishga harakat qiladilar. Ular bemorning sog‘lig‘iga minimal zarar yetkazilishi uchun g‘amxo‘rlik qilishadi. Biroq, bu baribir shilliq qavatning biroz jarohatlanishi bilan kechadigan muolaja bo‘lib, ayrim noxush holatlar kuzatilishi mumkin.

Ba’zi hollarda bir necha kun davomida siydikda qon aralashmasi kuzatiladi. Bu kutilgan holat bo‘lib, sistoskopiya davomida ko‘pincha to‘qima namunasi olinadi. Agar bir vaqtning o‘zida tosh yoki poliplar olib tashlangan bo‘lsa, qon ketish biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Bundan qo‘rqish kerak emas, ammo siydikdagi qon miqdorini kuzatib borish lozim. Agar qon miqdori ortsa yoki shifokor belgilagan muddat ichida qon to‘xtamasa, bu haqda darhol shifokorga xabar berish kerak.

Yana bir noxush holat – siydik chiqarish paytida og‘riq va achishish kuzatilishi mumkin. Bu apparatning siydik pufagi va uretraga ta’siri bilan bog‘liq. Odatda, 1–2 kun ichida bu o‘tib ketishi kerak.

Siydik chiqarish tizimi surunkali kasalliklariga ega bemorlarda bu holatlar keskinlashishi mumkin, chunki sistoskopiya ancha travmatik omil hisoblanadi va retsidiv (qaytalanish)ni qo‘zg‘atishi mumkin.

Infeksiyaning kuchayishi ehtimolini kamaytirish uchun sistoskopiyadan so‘ng shifokorlar Kanefron® N o‘simlik dori preparatini kurs bilan qabul qilishni tavsiya etadilar. U patogen bakteriyalarni chiqarib yuborishga, siydik yo‘llarini “tozalash”ga, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatib, muolajadan keying og‘riqlarni yengillashtiradi. Preparat ichish uchun tomchi yoki tabletka shaklida mavjud.

Odatda bir necha kundan so‘ng bu muolaja hech qanday alomat bilan eslatmasligi kerak. Siydik pufagini instrumental tekshiruvdan so‘ng asoratlar juda kamdan-kam uchraydi. Agar kuchli og‘riqlar, kuchli qon ketish, umumiy holatning yomonlashuvi yoki tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

O‘zboshimchalik bilan davolanishga urinmang – bu ishni mutaxassislarga topshiring.