Sistit alomatlari

Oddiy odam uchun kasallik alomatlarini bilish nimaga kerak? Javobi juda oddiy: iloji boricha ertaroq nima yuz berayotganini tushunish va qaysi mutaxassisga murojaat qilish kerakligini anglash uchun kerak. Ushbu maqolada biz sistitning hammaga ma’lum bo‘lgan va kamroq tanilgan belgilari haqida so‘z yuritamiz hamda bu alomatlar yuzaga kelganda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ulashamiz.

Sistitning klassik alomatlari¹

Kasallikka hech qachon chalinmaganlar ham, ko‘pincha siydik chiqarishning tez-tez va og‘riqli bo‘lishi orqali sistitni aniqlash mumkinligini biror joyda o‘qigan yoki eshitgan bo‘ladi. Bu – kasallikning eng mashhur belgisi. Shuningdek, sistit paytida quyidagi alomatlar ham kuzatilishi mumkin:

• qovuq qismida, pastki qorin sohasida og‘riq;
• siydik rangining o‘zgarishi va loyqalanishi;
• siydikning yoqimsiz hidi.

Agar bu belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish va davolanishni boshlash kerak.

Ayollarda sistitning kam uchraydigan belgilari¹

Pufak yallig‘lanishi (sistit) belgilari ba’zida aniq bo‘lmay, boshqa kasalliklarni eslatishi mumkin:
• Bel sohasidagi og‘riqlar. Bu og‘riqlar piyelonefrit, buyrak toshlari va boshqa buyrak kasalliklariga xos bo‘lishi mumkin, shuningdek ayollardagi ginekologik kasalliklar bilan ham chalkashib ketadi.
• Haroratning 37,5 °C gacha ko‘tarilishi. Bu organizmning yallig‘lanishga bo‘lgan reaksiyasi bo‘lib, umumiy holsizlik va charchoq bilan kechadi. Bunday belgilarning o‘zi shamollash yoki O‘RVI deb noto‘g‘ri baholanishi mumkin.
Ayollarda pastki qorin og‘rig‘i bo‘lsa, bu ham ginekologik kasalliklar belgilariga o‘xshab ketishi mumkin.
Agar sistit yashirin holatda kechayotgan bo‘lsa, odamlar uzoq vaqt nima bo‘layotganini tushunmay yuraveradilar va shifokorga murojaat qilmaydilar. Bu esa kasallikning surunkali tusga o‘tish xavfini oshiradi. Surunkali sistitni davolash ancha murakkab va u yillar davomida odam hayot sifatini pasaytirib yuborishi mumkin.

O‘tkir va surunkali sistit alomatlarining farqlari

Aslida, surunkali sistit alomatlari xuruj davrida o‘tkir sistitnikidan farq qilmaydi. Faqatgina oraliq davrda (xurujsiz davrda) kasallik o‘zini ko‘rsatmaydi. Bu esa sog‘aygan degani emas. Shunchaki sistit butun kuchi bilan namoyon bo‘lish uchun qulay fursatni kutmoqda.

Agar 6 oy ichida kamida 2 marta yoki 1 yil ichida 3 va undan ko‘p marta xuruj bo‘lsa, sistit qaytalanuvchi deb ataladi. Bunday hollarda davolanish uzoqroq davom etadi – nafaqat alomatlarni bartaraf etish, balki kasallik qaytmasligi uchun ham.

Sistitni qanday davolash kerak?

Sistitni davolash kompleks yondashuvni talab qiladi: kasallik sababini yo‘qotish, alomatlarni bartaraf etish va qaytalanishini oldini olish zarur.
O‘tkir sistitni davolashda odatda antibakterial preparatlardan boshlanadi. Bu vositalar sistitga sababchi bakteriyalarni yo‘qotishga qaratilgan. Shuningdek, simptomlarni yengillashtirish va yallig‘lanishga qarshi vositalar ham kompleks terapiyaga kiritiladi.
Bu vazifalarni bajarishda Kanefron® N o‘simlik dori vositasi o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Kanefron® N tarkibida ehtiyotkorlik bilan tanlangan o‘simlik komponentlari mavjud bo‘lib, ular:
• siyishdagi og‘riq va sanchishlarni kamaytiradi;
• antibiotiklar samarasini oshiradi;
• kasallikning qaytalanish xavfini kamaytiradi.

Kanefron® N Germaniyada ishlab chiqariladi va patentlangan Fitoniring texnologiyasi asosida tayyorlanadi. Bu texnologiya o‘simliklarning foydali xususiyatlarini saqlab qolishni ta’minlaydi.
Agar sizda sistit alomatlari kuzatilsa, uni uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Qaysi dori, qaysi dozalarda va qanday shaklda kerakligini faqat shifokor aniqlay oladi.

Sog‘ligingizni asrang!