Oddiy zubturum (Zolototyasyachnik)

Oddiy zubturum (Centaurium erythraea) – gentiyanadoshlilar oilasiga mansub o‘simlikdir. Bu gullaydigan o‘simlikning balandligi 50 sm gacha yetadi, to‘g‘ri o‘sadigan, mustahkam, to‘rtburchak kesimga ega poyasida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘ladi. Gullari odatda pushti rangda, beshta gulbargli bo‘lib, to‘pgul shaklida joylashgan. Oddiy zubturum deyarli butun Yevropa bo‘ylab keng tarqalgan. Germaniyada zubturumning barcha turlari “Tabiiy turlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” Federal qonun bilan himoyalangan. Yovvoyi holatda o‘sadigan bu o‘simliklarni yig‘ish yoki shikastlash taqiqlanadi.
An’anaviy tarzda zubturum me’da bezovtalanishlari va o‘t ajralishini rag‘batlantirish uchun, shuningdek isitmaga qarshi, gijjalarga qarshi vosita sifatida va ayrim mamlakatlarda siydik yo‘llari kasalliklarida qo‘llanilgan.
Siydik haydovchi, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli zubturum Kanefron® N preparati tarkibidagi uchta asosiy o‘simlikdan biri hisoblanadi. Bu preparat siydik yo‘llari va pufagi infeksiyalarini davolashda qo‘llaniladi.
