

Sistitmi?
Sistit – bu siydik pufagining o‘tkir yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosiy belgilari quyidagilardan iborat: siydikni tez-tez va oz miqdorda og‘riq bilan chiqarish, siydik pufagi sohasida og‘riq, siyishga to‘satdan kuchli hojat (ba’zan yolg‘on chaqiruv), siydikda (ayniqsa oxirgi qismlarida) qon aralashmalarining paydo bo‘lishi, shuningdek, siydikning loyqalanishi va hidining o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Ko‘p hollarda o‘tkir sistit antimikrob vositalar yordamida oson davolanadi. Shunga qaramay, uni yengil bartaraf etish mumkin bo‘lsa-da, kasallik ko‘p hollarda qaytalanishi mumkin.

Qaytalanishlarning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Bir marta sistitga chalingan bo‘lsangiz, bundan keyin shaxsiy gigiyenaga alohida e’tibor berish, haddan tashqari sovqotishdan saqlanish va profilaktik choralarni unutmaslik zarur. Ko‘p yillardan beri urologiyada Germaniyada ishlab chiqarilgan o‘simlik dori preparati – Kanefron® N keng qo‘llaniladi. Bu preparat nafaqat sistitni majmuaviy davolashda yordamchi vosita sifatida, balki qaytalanishlarning oldini olishda asosiy vosita sifatida ishlatiladi.

Kanefron® N ning majmuaviy ta’siri:
• Yallig‘lanishga qarshi
• Spazmolitik (bo‘shashtiruvchi)
• Siydik haydovchi
• Mikroblarga qarshi
Siz o‘zingizga qulay shaklni tanlashingiz mumkin — tomchilar yoki tabletkalar


ENG YAXSHI NATIJA UCHUN DAVOLASH KURSINI O‘TKIR SIMPTOMLAR YO‘QOLGANDAN KEYIN HAM YANA 2–4 HAFTA DAVOM ETTIRISH TAVSIYA ETILADI.
